O‘zbekistonlik faollar Ukrainaga qarshi urushni qo‘llab-quvvatlovchi Grigoriy Lepsning konsertini bekor qilishni talab qilmoqda. Madaniyat vaziri o‘rinbosari Bahodir Ahmedov mamlakatda san’atga hech qanday to‘siq yo‘qligini aytdi. “Kelyapti, san’atini namoyish qilyapti, ketyapti”, — dedi u san’atkorlar haqida.
Ozarbayjonda bo‘lib o‘tgan “Mug‘om olami” VI xalqaro festivalida O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist Mohichehra Shomurodova Gran-Pri, Shohjahon Yoriyev ikkinchi hamda Do‘stmurod Negmurodov uchinchi o‘rinni egalladi. G‘oliblar Toshkent aeroportida tantanali kutib olindi.
Madaniyat va turizm vaziri Ozodbek Nazarbekov Koba san’at majmuasi mas’uliyati cheklangan jamiyati ta’sischisi ekani haqida xabarlar paydo bo‘lgach, ta’sischi o‘zgartirildi. Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi vazirlikka kelgusida qonunlarga qat’iy rioya qilish borasida taqdimnoma kiritdi.
O‘zbekistondagi ishlab chiqarish korxonalarida ish kuni boshlanishi va tugashi paytida milliy kuy va qo‘shiqlar, shu jumladan, maqomning eshitilib turishini yo‘lga qo‘yish taklif qilinmoqda. Hujjat loyihasida bu tashabbus prezidentning Namanganga tashrifida berilgan topshiriqlar asosida ishlab chiqilgani qayd etilgan.
6−8-may kunlari Sirdaryoda o‘tgan lll Xalqaro baxshichilik festivalida 30 ga yaqin davlatdan baxshilar qatnashdi. Madaniyat va turizm vaziri Ozodbek Nazarbekov OAVning festival uchun qancha mablag‘ ajratilgani bo‘yicha savoliga “Biz yildan-yilga kamroq xarajat qilyapmiz”, — deya javob qaytardi.
24-aprel kuni Bobur nomli O‘sh davlat akademik o‘zbek musiqali drama teatri binosining ochilish marosimi bo‘ldi. Unda ikki mamlakat hukumatlari vakillari qatnashdi. O‘zbekiston ta’mirlash ishlariga 5 mln dollar mablag‘ ajratgandi.
Madaniyat vazirligi 15,5 mlrd so‘mga xarid qilgan ko‘chma sahnali yuk mashinalari taqdimoti o‘tkazildi. Transformer 2,5 soatda o‘rnatiladi, 10 ming kishiga mo‘ljallangan va alohida generatori mavjud. Ozodbek Nazarbekovning aytishicha, ular tog‘li hududlarga borib, aholiga xizmat ko‘rsatadi. “Gazeta.uz” reportaji.
Jamoatchilikning yeskin tanqidlardan so‘ng madaniyat va turizm vaziri Ozodbek Nazarbekov “Madaniyat va ma’rifat” telekanali nomi “Karvon”ga o‘zgartirilmasligini ma’lum qildi. “Gazeta.uz” o‘zbek ziyolilari va “Madaniyat va ma’rifat” telekanali xodimining kanal rivojiga oid takliflarini eshitdi.
MTRKning “Madaniyat va ma’rifat” telekanalini “Karvon” nomi bilan Madaniyat va turizm vazirligiga o‘tkazish haqidagi prezident qarori loyihasi jamoatchilik tanqidiga uchradi. Faollar: “Adabiyotdan qo‘rqishyaptimi?”, deb savol qo‘ymoqda. Vazir Ozodbek Nazarbekov muhokama va hamkorlikka ochiq ekanini bildirdi.
«O‘zbekiston bo‘ylab sayohat qil» dasturi doirasida 2022 yilda 11,4 millionta ichki sayyohat amalga oshirildi. Bu 2021 yilga qaraganda 1,9 barobar ko‘p.
O‘zbekiston madaniyat va turizm vaziri Ozodbek Nazarbekov tadbirkorlar mehmonxonalar inter’er va dizaynlariga milliylik va o‘zlik aks etgan detallarni kiritishlari lozim, deb hisoblaydi.
Madaniyat va turizm vaziri o‘rinbosari Bahodir Ahmedov 24 fevralda «O‘zbekkonsert»da yig‘ilish o‘tkazdi. U o‘z chiqishida xonandalarning madaniyatsizligi va saviyasiz ijodini tanqid qilgan, Umra ziyoratidan piar yo‘lida foydalanayotgan va farzandini hujraga topshirgan san’atkorlar haqida gapirgan.
Baxodir Axmedov va Murodjon Madjidov madaniyat va turizm vazirining o‘rinbosarlari lavozimiga tayinlandi. Firdavs Abduxoliqov vazirlik huzuridagi Kinematografiya agentligi direktori, Rustambek Kurbanov esa vazirlik huzuridagi Millatlararo munosabatlar qo‘mitasi raisi bo‘ldi.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting